Bo'lim

08.04.2014

Rossiyalik milliarder “Yo-mobil” avtomobil loyihasini 1 yevroga sotdi

Mixail Proxorov tomonidan 2010-yili e’lon qilingan “Yo-mobil” loyihasi katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan va hali ishlab chiqarilmasidanoq 200 mingtadan ortiq buyurtma olgan edi. Amm u endi butkul yopildi, deya xabar beadi “Kommersant” gazetasi.
Foto: radiovesti.ru
Foto: radiovesti.ru
Nashrga ONEKSIM guruhidan ma’lum qilishlaricha, “Yo-mobil”ni loyihalashtirish bilan shug‘ullanuvchi “Yo-Injiniring” kompaniyasi barcha konstruktorlik hujjatlarini va bu avtomobil ustida ishlash huquqini avtomobilsozlik bo‘yicha Rossiyaning yetakchi ilmiy muassasasi – Markaziy avtomobil va avtomotor ilmiy tadqiqot institutiga sotgan.
Bu boradagi shartnoma 3-aprel kuni imzolangan, savdo qiymati shartli ravishda bir yevro qilib belgilangan. Endi “Yo-avto” o‘zida faqat “Yo” brendinigina saqlab qoladi, deyiladi xabarda.

Manba: daryo.uz

Комментариев нет:

Отправить комментарий