Bugun, 1-aprel — Xalqaro hazil kuni internet tarmog‘ida keng “nishonlandi”. Ko‘plab mashhur servislar o‘z foydalanuvchilarini 1-aprel hazillari bilan “siylashdi”.
“Yandeks” esa o‘zining qidiruv sahifasida (Яндекс’dagi) “C” harfini smaylik ma’nosidagi ikki nuqta va qavs belgilari bilan almashtirdi. Shuningdek, saytda pashsha va pashshatutgich belgichalarini ko‘rish mumkin. Ular yordamida “pashsha tutish” o‘yinini o‘ynash mumkin.
Bundan tashqari, turli nashrlar hazilomuz xabarlarni e’lon qildi. 12news.uz sayti O‘zbekistoning bir tomonlama tartibda Yevroittifoq bilan viza rejimini bekor qilgani haqida xabar berdi. Ertalab 10:00 da e’lon qilingan yangilikda bunday qaror Toshkentda 1-aprel kungi yig‘ilishda qabul qilingani ta’kidlangan.
Mahalliy “Anons” nashri esa Amudaryoga daryo delfinlari keltirilgani haqidagi xabarni tarqatdi. Xabar matni so‘ngida barcha mushtariylarni 1-aprel bilan tabrikladi.
Shuningdek, UzInfocom korporativ blogi va “Banya.uz” yangiliklar tasmasi sahifalari hazil kuni munosabati bilan bir tomonga og‘gan holdagi qiyshiq ko‘rinish oldi.
“Daryo” nashri ham Xalqaro hazil kunida muxlislarni zeriktirib qo‘ymadi: nashrga qo‘shni xonada “yangi, misli ko‘rilmagan, universal sevimli” Kulmak.uz portali ishga tushgani xabar berildi.
Manba: daryo.uz


Комментариев нет:
Отправить комментарий