Qirg‘iziston poytaxtida havaskor yoshlar ko‘chadagi piyodalar o‘tish joyi – “zebra” yo‘lakchasini uch o‘lchamli ko‘rinishga keltirishdi. Uning surati Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Toshkent haydovchilari” guruhigajoylangan.
Albatta, ishonarli tarzda chizilgani, surat jonli chiqqani yaxshi, ammo masalaning boshqa tomoni ham bor: bu “zebra” haydovchilarni chalg‘itishini nazarda tutib, o‘zining oldidan to‘satdan shunday manzara chiqib qolishini istamasligini bayon etgan.
Suratni guruhga joylagan foydalanuvchi esa buning hatto xavfli ekanligini ta’kidlagan. Cho‘chib ketgan haydovchilar birdaniga tormozni bosib, avtohalokatga sabab bo‘lishlari mumkinligini bildirgan.
Guruh ishtirokchilaridan biri buning hech bir xavfli joyi yo‘qligini, ayni tasvir faqat bitta nuqtadan shunday uch o‘lchamli ko‘rinishini bayon etgan.
Nima bo‘lganda ham, bu g‘oya kishini ta’sirlantiradi, nima dedingiz?
Manba: daryo.uz
Комментариев нет:
Отправить комментарий