Bo'lim

27.03.2014

Dunyodagi eng baland bino qurilishi aprel oyida boshlanadi

Dunyoning eng baland binosiga aylanishi kutilayotgan imoratning qurilishi 27-aprel kuni boshlanadi. Saudiya Arabistonida qad rostlaydigan ushbu bino Kingdom Tower (Qirollik Minorasi) deb ataladi. Bu haqda The Verge nashri xabar berdi.
f
Foto: The Verge
Uning balandligi bir kilometrdan sal ziyodroq bo‘lishi kutilmoqda. Me’morlarning taxminicha, qurilish 63 oy davom etadi. Binokorlik ishlariga 1,2 milliard dollar mablag‘ sarflanadi.
Ta’kidlash joiz, ayni paytda dunyodagi eng baland bino deya Dubaydagi “Burj Xalifa” (828,14 metr) tan olingan. Shu yil qurib bitkaziladigan Xitoydagi Sky City (838 metr) inshooti undan bu unvonni olib qo‘yadi.

Manba: daryo.uz

Комментариев нет:

Отправить комментарий