Toshkentning yo‘l-patrul xizmati xodimlari mototsiklda harakatlanish uchun maxsus forma bilan ta’minlangan bo‘lishi mumkin. Bunga Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” (“Toshkent haydovchilari”) guruhiga joylanganfotosurat guvohlik bermoqda.
Ushbu forma chindan ham mototsiklda harakatlanuvchi militsionerlarga berilishi haqida rasmiy ma’lumot yo‘q. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirli rasmiy bayonot bermagan.
Bundan avval internet tarmog‘ida mototsikl minib yurgan Toshkent militsionerlari aks etgan suratlar tarqalib ketgan edi. Ularda odatiy formadagi militsionerning transport vositasini maxsus shlemsiz boshqarayotganini ko‘rish mumkin.
Комментариев нет:
Отправить комментарий