Buyuk Britaniyaning Uorvik universiteti tadqiqotchilari iridiy elementi birikmalari asosida saratonni (rak kasalligini) davolovchi yangi avlod preparatini yaratishdi. Bu xususda MedPortal nashri xabar bermoqda.
Iridiy va piridin majmuasi asosida yaratilgan preparatni ZL105 deb nomlashgan. U o‘zining kimyoviy xususiyatlariga ko‘ra, saraton hujayralarining quvvat bilan ta’minlanishini to‘sib qo‘yib, ularning halok bo‘lishiga olib keladi.
Mualliflarning ta’kidlashlaricha, bunday ta’sir mexanizmi platina asosida yaratilgan preparatlardan tubdan farq qilib, samaradorligi va xavfsizligi bilan ajralib turadi. Gap shundaki, platinaning o‘zi organizm uchun toksik ta’sir ko‘rsatadi va kasal hujayralar bilan birga sog‘lomlarini ham yemiradi. Toksik ta’sir etmaydigan iridiy asosida yaratilgan ZL105 preparati esa faqat kasal hujayralarga ta’sir etib, yon ta’sirlar kuzatilmaydi, deydi tadqiqotning bosh muallifi professor Piter Sedler.
Manba: daryo.uz
Комментариев нет:
Отправить комментарий