Xyuston universitetining eng a’lochi talabalari ham butun bir semestr davomida bir fandan uch bahodan ortig‘iga o‘qiy olmadi. Faqat imtihonlar arafasida ularning o‘qituvchisi boshqa fandan dars berayotganini sezib qoldi.
“Bor kuchim bilan harakat qilganimga qaramay, barcha testlardan faqat uch baho oldim”, — deydi talaba qizlardan biri.
Look At Me’ning yozishicha, o‘qituvchi o‘z xatosini imtihon arafasida tan olgan. Kompensatsiya sifatida barcha talabalar rasvosi chiqqan avvalgi testlar uchun yuqori ballar olgan.
Manba: daryo.uz

Комментариев нет:
Отправить комментарий