Bo'lim

04.04.2014

Microsoft yangi “Pusk” menyusini namoyish etdi

Joriy yilning 2-aprel kuni o‘tkazilgan BUILD konferensiyasida Microsoft kompaniyasi Windows operatsion tizimining yangi qiyofadagi “Pusk” menyusini namoyish etdi. Bu to‘g‘rida Business Insider ma’lumotiga tayanib Look At Me sayti xabar bermoqda.
Surat: twitter.com/thatbrickster
Surat: Twitter / @thatbrickster
Yangilangan menyu Windows 7 va Windows 8 interfeyslari elementlarini o‘zida jamlagan. Shuningdek, kompaniyaning ma’lum qilishicha, Windows 8 uchun dasturlar ish stoli rejimida ochiladigan bo‘ladi.
Yangi “Pusk” menyusi ham, Windows 8 dasturlariga mo‘ljallangan yangicha oynalar ham shu yil oxirlarida, operatsion tizimning navbatdagi yangilanishlardan birida paydo bo‘ladi.
Bundan tashqari, Microsoft konferensiyada Windows 8.1, Windows Phone 8 va Cortana ovozli yordamchisi uchun yangilanishlarni namoyish etdi.

Manba: daryo.uz

Комментариев нет:

Отправить комментарий