Chaqaloq tug‘ilganidanoq unga ma’nili, xosiyatli, yoqimli ism berishadi. Bu borada ko‘pni ko‘rgan, hayotiy tajribasi chuqur, yoshi ulug‘lar (bobo va momolarimiz) ayniqsa katta rol o‘ynashadi. Biroq ayrim mamlakatlarda bu hol o‘zgacha kuzatilishiga amin bo‘lasiz. G‘ayrioddiy,ajoyib va g‘aroyib ism-shariflarni eshitib, ham hayron qolasiz, ham kulgingiz qistaydi.
Ispaniya
Uerta-del-Rey qo‘rg‘onchasida o‘ziga xos ism-sharifga ega aholi yashaydi. Bu yerdahatto 2008 yili g‘ayrioddiy nomdagi odamlar xalqaro s’ezdi o‘tkazilishi haqidagi qaror qabul qilingandi. Bunga qisman mahalliy an’analar ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Masalan, bu zamindagi odatga ko‘ra, mavjud oiladagi o‘lgan to‘ng‘ich farzandning ismi undan keyingi farzandga «yuklanadi». Shu bois, ushbu qo‘rg‘onchada bir ism-familiyaga mansub odamlar son-sanoqsiz. Qariyb 900 nafar odam Geronid, Burgundonfora, Sitsiliy kabi familiyalar bilan nomlanadi. Ushbu chigalliklarga barham berish uchun bir vaqtlar islohot ham o‘tkazilgan edi, ammo mahalliy aholining an’ana va qadriyatlarga o‘ta sodiqligi bois o‘zgarish yuz bermadi.
Hindiston
Eng uzun ismni aytish uchun o‘n daqiqa vaqt sarflanar ekan (1478 harfni bir nafasning o‘zida aytib bo‘lmaydi-da). Ayrim olim, diplomat, tarixchi va hokazo mashhur shaxslarning nomidan jamlangan ana shunday murakkab ismga ega hind fuqarosining familiyasi oddiygina – Braxmatra. Hindistonning ba’zi shtatlarida ana shunday nomlar, iboralar, hikmatlarbirikmasidan tuzilgan ismli insonlar uchraydi. Buni qarangki, bu yerda hatto uy-ro‘zg‘or buyumlari va unga taaluqli mazmunni bildiruvchi g‘ayrioddiy ism-sharifga ega odamlar ham bor ekan: Ikki Kilo Guruch, Kumush Dollar, Men Kartoshkani Yaxshi Ko‘raman va hokazo.
Amerika
Gavayi orolida ismi 102 harfdan iborat, “Yo‘l va tog‘larga Gavayi iforini taratuvchi” mazmunini ifodalovchi qiz yashaydi. Yangi Orleanadagi amerikalik fuqarolardan biri o‘z farzandlariga Mu, Vu, Gu deb nom bergan ekan. Chikagoda istiqomat qiluvchi Jeksonlar oilasi esa o‘z bolalariga qo‘ygan bu ismni eshitib, yoqa ushlaysiz: Laringit, Meningit, Peritonit, Appenditsit, Tonzillit.
Kanada
Shunday odamlar ham borki, berilgan pul mukofoti uchun rasman qayd etilgan ism-sharifini o‘zartirishadi. Shulardan biri kanadalik Skott Makdonald $37 ming pul uchun o‘z sharifini Mr. Freebeestorega almashtirdi. Bu toifadagilardan yana biri Kod Beyker. U besh dollar pul uchun o‘z ismini Mr. Cleanga, keyin 10 dollar mukofot uchun King Tacoga almashtirdi. Shundan keyin unga qahva yetishtiruvchi kompaniyalardan biri yana ism almashtirish uchun $26333 taklif etganda, “buqalamun” pulning miqdori kattaligiga qaramay, voz kechdi. Bunga uning onasi ta’sir o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi.
Buyuk Britaniya
Ikki asr oldin bu mamlakatda yovuzlik va turli yoqimsizlik mazmunini anglatuvchi familiyalardan voz kechilgan. Bir vaqtlar O‘lim, Go‘l, Badbo‘y va shu kabi mazmunlarni ifodalovchi g‘ayrioddiy familiyalar mavjud edi.
Buyuk Britaniya
Ikki asr oldin bu mamlakatda yovuzlik va turli yoqimsizlik mazmunini anglatuvchi familiyalardan voz kechilgan. Bir vaqtlar O‘lim, Go‘l, Badbo‘y va shu kabi mazmunlarni ifodalovchi g‘ayrioddiy familiyalar mavjud edi.
Fransiya
XIX asrda Fransiyada ba’zi ism-shariflar raqam, oy yo kun nomi bilan belgilangan. Masalan, ayrim oilada tug‘ilgan o‘g‘il bolalar yil taqvimining dastlabki to‘rt oyi nomi bilan atalgan: Yanvar, Fevral, Mart, Aprel. Ana shunday odamlardan biri janob Mart 1904 yil sentyabrida vafot etgan.
Italiya
Ilk bor otalik baxtiga muyassar bo‘lgan yigit FXDYo bo‘limiga kirib, o‘z o‘g‘liga Varenne Djampaulo deb nom qo‘yishini ma’lum qilganida bo‘limdagilar hayron bo‘lishgan. Negaki, Varenne o‘sha paytlarda poygada qatnashuvchi mashhur otning laqabi, Djampaulo esa uning egasi bo‘lgan. Yigit o‘z maqsadiga erishgan bo‘lsa-da, ko‘p o‘tmay, bu ish sudga oshirilgan. Chunki uning rafiqasi bu nomga o‘z noroziligini bildiradi.
Rossiya
Mana bu holga guvoh bo‘lib ajablanishingiz aniq. Voronej oblastining Nijniy Tagil shahrida Rossiya ismli ikki qiz borligi ma’lum bo‘ldi: Rossiya Kitsenko va Rossiya Shramkova. Bu yurtda yashovchi oilalardan yana biri o‘z qiziga Privatizatsiya, boshqasi esa o‘g‘liga Praxlado deb ism berishgan. Rossiya zaminida XX-XXI asrlarda uchragan quyidagi ism-shariflarga e’tibor bering: Yelpumed (Yelsin, Putin, Medvedev), Vlaput (Vladimir Putin), Bnel (B.N. Yelsin), Mdan(a) (Medvedev Dmitriy Anatolevich), Gandzyu (Gennadiy Andreyevich Zyuganov), Vlavojir (Vladimir Volfovich Jirinovskiy), Yumluj (Yuriy Mixaylovich Lujkov) va hokazo.
Manba: turfaolam.com
Комментариев нет:
Отправить комментарий