Bo'lim

02.04.2014

VAQT MASHINASI: QANCHA VAQTNI FACEBOOK’DA O‘TKAZGANSIZ? (SPAM EMAS)

Facebook kelasi hafta o‘zining 10 yoshini nishonlaydi. Mark Sukerberg va uning bir nechta do‘stlari tomonidan Garvard yotoqxonasida yaratilgan TheFacebook.com sayti 2004-yil 4-fevral kuni dunyoga kelgan. O‘tgan 10 yil davomida ijtimoiy tarmoqning a’zolari soni 1 milliard 100 million kishidan oshib ketdi.
Nufuzli TIME nashri umringizning qancha qismini Facebook’da o‘tkazganingizni hisoblovchi ajoyib vaqt mashinasini ishlab chiqdi.
timemachine-01
Unga ko‘ra, bir kishi kuniga o‘rtacha 17 daqiqa vaqtini Facebook’da o‘tkazar ekan.
timemachine-02
To‘g‘ri, Facebook’ning o‘zida ham qancha vaqt ijtimoiy tarmoqda o‘tirganingizni hisoblab beruvchi bir nechta applar mavjud, lekin ularning birortasigayam ishonmayman. Chunki, Facebook’ning o‘zi bu haqdagi ma’lumotlarni hech kimga (AQSH hukumatidan tashqari ☺) oshkor qilmaydi.
TIME nashri esa sizning ijtimoiy tarmoqqa a’zo bo‘lgan vaqtingiz, unga biror narsa yozgandagi vaqt oraliqlarini hisobga olib, o‘zlarining vaqt mashinasini ishlab chiqishgan. Menimcha, ushbu vaqt mashinasi ko‘rsatgan raqam haqiqatga biroz yaqinroq bo‘lsa kerak.
timemachine-03
Vaqt mashinasining ko‘rsatishicha, 2012-yilning 2-aprelidan beri umrimning 7 kun 20 soat 42 daqiqasi to‘lig‘icha Facebook’da o‘tgan ekan. Adashmasam, Facebook’ka 2009-yilda a’zo bo‘lganman. Vaqt mashinasi ishga tushgan paytda Facebook yoki TIME serverlarida trafik ko‘payib ketgan shekilli, bu sanadan oldingi hisob-kitoblarni amalga oshira olmadi.
Marhamat, siz ham mana bu link orqali kirib, umringizning qancha qismi Facebook’da o‘tganligini hisoblashingiz mumkin.

Manba: foziljonov.uz

Комментариев нет:

Отправить комментарий