Bo'lim

02.04.2014

Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi Ukraina uchun gaz narxini oshirdi

Ukraina foydalangan gaz to‘lovidan qarzi ortib borayotganligi sababli, Rossiya joriy yilning ikkinchi choragidan bu mamlakat uchun gaz narxini oshirdi. Endi har ming kubometr gaz uchun avvalgi 268,5 o‘rniga 385,5 dollar narx belgilandi. Bu xususda “Gazprom” boshqarmasi boshlig‘i Aleksey Miller ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Foto: unise.ru
Foto: unise.ru
“Gaz yetkazib berish bo‘yicha amaldagi shartnomaga asosan, Ukraina uchun uning narxi ikkinchi kvartalda 385,5 dollarni tashkil etadi. Gaz narxi bo‘yicha dekabrda joriy etilgan imtiyoz endi to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda avvaldan ogohlantirilgan va Ukraina tomonining 2013-yilda yetkazib berilgan gaz bo‘yicha qarzi qoplanmaganligi sababli shunday qilinmoqda. Hozirgi paytda yetkazib berilayotgan gaz haqi ham to‘lanmayapti va, shunga muvofiq tarzda, qarz ham ortib bormoqda”, – deydi “Gazprom” rahbari. Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Ukrainaning gaz bo‘yicha qarzi 1,711 milliard dollarni tashkil etadi.
Bundan tashqari, yilning ikkinchi choragidan Rossiya gazining Ukraina hududi bo‘ylab tranzit tarzda olib o‘tilishi narxi ham oshgan.
O‘tgan yilning dekabr oyida Rossiya Ukraina uchun gaz narxida imtiyoz joriy etgan, unga ko‘ra, 2014-yil uchun gaz narxi bir kubometr uchun 268,5 dollar qilib belgilangan. Shu bilan birga, imtiyozning amal qilish muddati yilning har choragida uzaytirib turilishiga kelishib olingan edi.
Joriy yilda Ukraina Rossiyadan jami 27—30 milliard kubometr miqdorida gaz sotib olishni rejalashtirgan.

Manba: daryo.uz

Комментариев нет:

Отправить комментарий