Bo'lim

02.04.2014

Qrimning yoqimtoy prokurori Natalya Poklonskaya GTA o‘yinlari qahramoniga aylanadi

Ukrainaning TyanDevelopers kompaniyasi ishlab chiquvchilari GTA: San Andreas o‘yinining norasmiy modifikatsiyasida Qrim prokurori Natalya Poklonskaya qiyofasidan foydalanmoqchi. Bu haqda TJournal xabar berdi.
grand-theft-crimea-5339a3faab523
Foto: TJournal
TyanDevelopers rahbari Artur Martinning nashrga ma’lum qilishicha, Poklonskaya ishtirokidagi modifikatsiyani yaratish g‘oyasi shunchaki tasodif emas. “Natalya bir haftadayoq o‘z muxlislari orasida katta obro‘ orttirdi va anime qahramoniga aylandi”, — dedi u.
Poklonskaya obrazidan foydalanish uchun hozircha ruxsat olingani yo‘q. O‘yin syujeti ochiq oshkor qilinmayotgan bo‘lsa-da, uning Ukraina va Qrimdagi voqealarga bog‘liq bo‘lishi aytilmoqda.
Biroq, ishlab chiquvchilar o‘yinda siyosat mavzusi ko‘tarilmasligini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Natalya Poklonskaya Qrim Respublikasining bosh prokurori etib tayinlanganidan so‘ng yapon internet foydalanuvchilari orasida mashhur bo‘lib ketgan edi.
Keyinroq Poklonskaya qisqacha intervyu berib, Kiyev siyosiy yetakchilarining harakatlarini konstitutsiyaga qarshi keskin burilish va hukumatni qurol bilan qo‘lga olish, deb baholagan edi.

Manba: daryo.uz

Комментариев нет:

Отправить комментарий