Bo'lim

03.04.2014

QORA BAMBUK BOTIG’I

imageJanubiy Xitoyda joylashgan Xeychju vodiysi yer yuzidagi eng sirli anomal hududlardan biri bo’lib, so’zma-so’z tarjima qilinganda, “Qora bambuk botig’i” degan ma’noni anglatadi. Bu yerda, Mean’ tog’ining sharqiy yonbag’rida Tosh darvoza joylashgan va bu yerdan quyuq bambukzorga o’tish mumkin. Mana necha yildirki, bambukzorda qanchadan-qancha odam izsiz g’oyib bo’lmoqda.

1950 yil vodiyda hech qanday sababsiz samolyot buzilib qoldi. Tekshirilgach, hech qanday texnik muammolar yo’qligi aniq bo’ldi. Bundan ham hayratlanarlisi, shu yilning o’zida 100 ga yaqin odam bambukzorda bedarak ketdi.1962 yilda esa butun boshli geologik ekspeditsiya guruhi g’oyib bo’ldi. Ekspeditsiya a’zolaridan faqat birgina yo’lboshlovchini qutqarishga muvaffaq bo’ldilar. U voqeani quyidagicha hikoya qiladi: ‘‘Ekspeditsiya vodiyga yetib kelganda, u biroz ushlanib qoladim va ortda qolib keta boshladim. Keyin esa vodiy quyuq tuman bilan qoplandi. Bir metrdan uyog’ini umuman ko’rib bo’lmasdi. Meni tushuntirib bo’lmas qo’rquv egallab olgan va turgan joyimda qotib qolgan edim. Bir necha daqiqadan keyin tuman tarqaldi, biroq ekspeditsiya a’zolarini topa olmadim. Odamlar ham, asbob-uskunanalar ham, hech narsani topib bo’lmadi.‘‘ Yo’lboshchi ancha yillar vaqt hissini to’xtatib qo’ygan tuman va g’alati tovushlar haqida gapirib yurdi.image
1966 yilda hududning rel’yef xaritasini tuzayotgan harbiy kartograflar otryadi bedarak yo’qoldi. Oradan 10 yil o’tib o’rmonchilar guruhi g’oyib bo’lishi ham katta shov-shuvlarga sabab bo’ldi. Ahir yarim umrini o’rmonlar va daralarda o’tkazgan tajribali odamlarning bunday bedarak yo’qolishini juda g’alati edi. Bambukzorda odamlarning sirli g’oyib bo’lishlari butun dunyoda bo’ylab ham shov-shuv va baxslarga sabab bo’ldi. Kimdir buni psixotrop moddalar ishlab chiqaruvchi zaharli o’simliklar bilan bog’lasa, kimdir kuchli geomagnit radiatsiya haqida gapirardi, yana kimdir esa bu yerda parallel olamlarga o’tish yo’li bor deb hisoblaydi.
Shuncha havf-hatarga qaramay, vodiyning yechilmagan jumbog’i butun dunyodan sayyohlarni o’ziga jalb qiladi. Hatto ogohlantirish belgilari ham odamlarni bu sirli go’shaga qadam qo’yishdan to’xtata olgani yo‘q.1395983990_4Agar vodiy tomonga yo’lingiz tushsa, ehtiyot bo’lganingiz ma’qul. Harqalay, shuncha odam bekordan-bekor bedarak ketmagandir.
Internet materiallari asosida Avazbek Abbosov tayorladi

Manba: turfaolam.com

Комментариев нет:

Отправить комментарий