Malayziya hukumati yo‘qolgan Boeing 777-200ER layneri va Kuala-Lumpurdagi dispetcher vishkasi (minorasi) o‘rtasidagi aloqa matnini ommaga e’lon qildi. Bu haqda BuzzFeed nashri xabar berdi.
Transport vazirligi so‘nggi so‘zlar aynan kimga tegishli bo‘lganini aniqlash ustida ish olib bormoqda.
Hind okeanining samolyot qulagan deb taxmin qilinayotgan hududida qidiruv ishlari olib borilmoqda. Kecha Avstraliya, Xitoy, Yaponiya, Koreya, Malayziya, Yangi Zelandiya va AQShning to‘qqizta kemasi qidiruv guruhiga kelib qo‘shildi.
Yo‘qolgan “Boing”ning qulagan hududi uning dispetcher bilan so‘nggi aloqasi vaqtidagi sun’iy yo‘ldosh ko‘rsatkichlariga asoslangan. Hudud 46 332 mil kvadratni qamrab oladi.
Qidiruv jamoasi qora qutidagi ma’lumot yozgich qurilmadan keladigan ultra tovushni tutuvchi moslamadan foydalanmoqda. Bunday signallar 30 kungacha davom etishi mumkin.
Kuala-Lumpur–Pekin reysini amalga oshirayotgan Boeing 777-200 samolyoti 8-martga o‘tar kechasi Janubiy Xitoy dengizi ustidan uchib o‘tayotgan vaqtda radarlardan yo‘qolib qolgan. Kema bortida 239 kishi bo‘lgan.
Manba: daryo.uz
Комментариев нет:
Отправить комментарий