Bo'lim

08.04.2014

Google havo shari Yerni 22 kunda aylanib chiqib, rekord o‘rnatdi

Google kompaniyasi Loon loyihasining yangi rekordi haqida xabar berdi. Ushbu loyiha yordamida kompaniya butun Yerni internet bilan ta’minlamoqchi. Project Loon sharlaridan biri yer sharini 22 kunda aylanib chiqib, rekord o‘rnatdi. Bu haqda Look At Me xabar berdi.
64mygFk5Eh3iB1J0j27Z-A-article
Foto: [x]lookatme.ru[/x]
“O‘tgan yilning iyunidan beri prognozlashtirish modellarini aniqlashtirish parvozlari davomida to‘plangan shamol ma’lumotlarini ishlatib kelyapmiz. Endi biz shar harakati trayektoriyasini ikki marta uzoqdan ko‘ra olamiz”, — deyiladi Google+’dagi Project Ara profilida.
Google X maxfiy laboratoriyasi o‘tgan yilning iyunida Project Loon loyihasi haqida ommaga ma’lum qilgan edi. Uning yordamida kompaniya butun sayyorani, shu jumladan qishloq joylar, cho‘llar, dengiz va boshqa olis hududlarni internet bilan ta’minlamoqchi.

Комментариев нет:

Отправить комментарий