3-aprel soat taxminan 19:50 dan buyon ishlamayotgan “Bilayn” interneti 4,5 soatdan so‘ng, 23:20 da yana ishlab ketdi. Bu haqda Twitter foydalanuvchilari xabar berdi.

Foto: Beeline
Kompaniyaning Jamoatchilik bilan aloqa xizmati rahbari Oraz Abdurazzoqovning telefon orqali “Daryo”ga bergan intervyusida “Bilayn”ning ba’zi tarmoqlarida nosozlik yuz berganligini ta‘kidladi.
Ayni vaqtda, mamlakatning boshqa bir yirik aloqa operatori – Ucell abonentlarida internetga kirish bilan bog‘liq muammo yo‘qligi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, “O‘zbektelekom” va boshqa internet provayderlar Rossiya hududidagi avariyaviy ishlar munosabati bilan, 3-aprel, payshanba kuni soat 00:00 dan 06:00 gacha internet xizmati sifati yomonlashishi mumkinligini ma’lum qilgandi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий