Bo'lim

26.03.2014

Telegram’da ovozli xabarlar xizmati yo‘lga qo‘yildi

Tobora ommalashib borayotgan Telegram messenjerining iOS hamda Android platformali qurilmalar uchun ishlab chiqarilgan versiyalari yangilandi. Endi undagi ayrim nuqsonlar bartaraf etilishi bilan birga, suhbatdoshga ovozli xabarlar yuborish imkoniyati ham yuzaga keldi. Shuningdek, maxfiy chatdagi yozishma o‘chirib tashlanganida u har ikkala qurilmadan ham o‘chib ketadigan bo‘ldi. Bu xususda “Sukerberg pozvonit” sayti xabar bermoqda.

Skrinshot: siliconrus.com
Skrinshot: siliconrus.com
Messenjerda ovozli xabarni yozish uchun mikrofon belgichasini bosib turish talab etiladi.
Skrinshot: siliconrus.com
Skrinshot: siliconrus.com
Mazkur amalni bekor qilish uchun esa mikrofon yonidagi yo‘lakchani barmoq bilan chap tomonga silash (svayp qilish) kerak bo‘ladi.
Skrinshot: siliconrus.com
Skrinshot: siliconrus.com
Bunday funksiyalar Telegram’ning raqobatchilarida anchadan beri mavjud. Masalan, Facebook Messenger’da ovozli xabar xizmati 2013-yilning boshidayoq yo‘lga qo‘yilgan, WhatsApp esa hatto yaqin orada ovozli qo‘ng‘iroq xizmatini ham taqdim etmoqchi.

Manba: daryo.uz

Комментариев нет:

Отправить комментарий