
Ushbu lampalarni mobil qurilmadagi maxsus dastur yordamida boshqarish mumkin. Lampalarning yorug‘lik darajasi va nurining rangini o‘zgartirish imkoniyati ham mavjud. Bitta lampaning o‘zi 10 yilgacha ham ishlashi mumkin.
Ta’kidlash joiz, bundan avval Philips va LG ham o‘zining "aqlli” lampalarini taqdim etgan edi. Biroq ulardan farqli ravishda Samsung lampalari Wi-Fi emas, Bluetooth orqali boshqariladi. Bu ulanish jarayonini soddalashtirib, bir vaqtning o‘zida 64 ta lampani boshqarish imkonini beradi.
Lampaning qanday narxda sotilishi hozircha noma’lum. Ushbu mahsulot Light + Building 2014 ko‘rgazmasida to‘liq namoyish etiladi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий