*17-18 asrlar davomida Angliya va Shotlandiya qirolliklarida deraza uchun olinadigan soliqlar amalda bo‘lgan. Soliq to‘lashga imkoni bo‘lmagan qashshoq odamlar deraza teshiklariga g‘isht terishga majbur bo‘lgan. Badavlat britaniyaliklar esa o‘z uylarining tashqi ko‘rinishini buzmaslik uchun yetishmayotgan derazalarni chizib qo‘ygan. Eng qizig‘i, bu soliq ancha uzoq
vaqt amal qilgan, u faqat 1851 yil 24 iyulda bekor qilingan.
vaqt amal qilgan, u faqat 1851 yil 24 iyulda bekor qilingan.

*Hayot solig‘i – Angliyada 14 asrda amal qilgan. Unga ko‘ra odam tirik yurgani uchun davlat g‘aznasini to‘ldirib turishi shart bo‘lgan. Ammo bunga qarshi ko‘tarilgan katta isyon ushbu bema’ni soliqqa chek qo‘ydi.
*1689 yili Rossiya podshosi Pyotr Birinchi soqollarga soliq joriy etadi. Xizmatkorlar, savdogarlar, amaldorlar, ya’ni fuqarolarning har bir alohida toifasi o‘zi to‘laydigan soliq miqdoriga ega bo‘lgan. Ana shu soliqni to‘lagan kishi qimmatbaho soqolini saqlab qolishi mumkin edi. Soliq to‘lashga qurbi yetmaydiganlar esa surgun qilingan.
*Quloq solig‘i Tibetda 1920-yillarda harbiy ehtiyojlarni ta’minlash uchun vaqtinchalik joriy etilgan. Ushbu soliq mavjud bo‘lgani turli manbalarda tilga olinsa ham, u haqdagi ma’lumotlar bir-biriga qarama-qarshi. Xususan, xitoylik tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, uy xo‘jaliklari odamning yoki uy hayvonining har bir qulog‘i uchun bir lyan kumush tanga to‘lagan. G‘arblik tadqiqotchilar esa, quloq solig‘ini to‘lamagan odamlarning qulog‘i kesib tashlanganini qayd etadi. Kesilgan quloqlar uchun soliq to‘lanmagan, albatta.

*XX asr boshida Oltoy o‘lkasida muzlagan suv havzasini teshib kir chayganlik uchun qish davomida 20 tanga olingan. Shuningdek, obkash bilan bir marta suv olib kelganlik uchun 2 tangadan soliq to‘langan.
*Yaqinda, ya’ni 1993 yilda Venetsiyada soyaga soliq joriy etildi. Endi tentlari va bostirma soyabonlari shahar yerlariga soya tashlaydigan muassasalar egalari davlat g‘aznasiga pul to‘lashi kerak
* 1784-1811 yillarda Buyuk Britaniyada davlatga mo‘may daromad keltirgan shlyapalar solig‘i mavjud bo‘lgan. Shlyapalarga ishlab chiqarish jarayonida soliq to‘langanligidan dalolat beruvchi maxsus belgilar qo‘yilgan. Soliq to‘lamagan tikuvchilar katta jarimaga tortilgan. Soliq belgilarini qalbakilashtirgan kishilar esa qatl etilgan.
*16 asrda (ayrim manbalarga ko‘ra – 18 asrda) Germaniyaning Vyurtemberg shahrida chumchuqlarga soliq joriy etilgan. Bu qushlar aholining tinch yashashiga xalaqit beradi, deb hisoblangan. Shu bois har bir uy xo‘jayinidan o‘ndan sal ko‘proq chumchuqni yo‘q qilish talab etilgan. Buning uchun u 6 kreyser olgan. Agar fuqaro talab etilgan miqdordagi chumchuqni taqdim etmasa, davlatga ikki baravar ko‘proq pul to‘lashi kerak bo‘lgan. Ushbu soliq o‘sha paytda o‘lik chumchuqlarning yashirin savdosi gullab-yashnashiga turtki bo‘lgan.
*Qo‘rqoqlik uchun soliq (u harbiy xizmatdan ozod etilish solig‘i nomi ostida ham ma’lum) qirol uchun jang qilishni istamagan odamlarga solingan. Ushbu soliq Angliyada qirol Genrix I (1100-1135 yillar) davrida joriy etilgan. Dastlab unchalik ko‘p bo‘lmagan soliq miqdorini qirol Ioann Yersiz 300 foizgacha ko‘targan va uni urush bo‘lmagan yillarda barcha ritsarlardan olgan. Qo‘rqoqlik uchun soliq 300 yil amal qilib keldi va keyinchalik harbiylardan olinadigan boshqa soliqqa almashtirildi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий