Londondagi Xitrou ( London Heathrow Airport ) aeroporti kattaligi jihatdan dunyo bo'yicha 3-o'rinda, Evropada 1-o'rinda turadi. Kjyljylfy 24 rv uzoqlikda joylashgan bu aeroportda 5 ta yo'lovchi terminal va bitta yuk tashishga mo'ljallangan terminal mavjud. 5- terminalni 14 mart 2008 yi
l Elizavetta II ochib berdi. Aeroport Londonning g'arbiy qismida joylashgani uchun ko'pchilik Samolyotlar shahar ustidan uchib o'tadi. Aeroport daryoga yaqin joylashgani uchun tez tez tuman bo'lib turishi biroz muammo tug'diradi.
l Elizavetta II ochib berdi. Aeroport Londonning g'arbiy qismida joylashgani uchun ko'pchilik Samolyotlar shahar ustidan uchib o'tadi. Aeroport daryoga yaqin joylashgani uchun tez tez tuman bo'lib turishi biroz muammo tug'diradi.
Xitrou aeroportinig tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, Xitrou aeroporti o'rnida aviatsiya uchun birinchi marta Birinchi jahon urushida harbiy aerodrom sifatida ishlatilgan. 1930 yilda Katta Garbiy Aerodrom nomi bilan bu aerodromda Fairey Aviation kompaniyasi aviatsiya texnikasini sinash uchun o'z tajribalarini aynan shu yerda o'tkazgan
1943 yilda aerport Aviatsiya Vazirligi tomonidan nazoratga olingan va Buyuk Britaniya Qirolligining havo kuchlari bazasi sifatida ishlatila boshlangan... Uchish yo'lakchasinin 1944 yilda qurishni boshlashgan. Aeroport nomini o'sha aeroport o'rnida bo'lgan qishloqcha nomi bilan Xitrou deb qo'yishgan.
Birinchi yo'lovchi tashuvchi reys 1946 yil 1 yanvar kuni amalga oshirilgan. 1946 yil 31 maydan boshlab Aeroport to'liq yo'lovchi tashish uchun mo'ljallangan aeroportga aylanadi
1977 yil London metropoliteni Xitrougacha cho'ziladi Aeroportdan London markazigacha bemalol 15-20 minutda yetib bilasiz.
Xitrou aeroporti Londonni 170 ta aeroporti bilan bog'laydi va 90 ga yaqin aviakompaniyalar yo'lovchilarga o'z xizmatlarini ko'rsatadilar.
Xitrou har yili 67 mln yo'lovchiga xizmat ko'rsatadi. Ularning 11 foizi ichki reyslar, 43 foizi yaqin davlatlarga bo'lgan reyslar, 46 foizi uzoq davlatlarga qilingan reyslardir. Eng ko'p band yo'nalish bu London-Nyu-York yo'nalishidir. Oxirgi yilda 3.4 mln yo'lovchi shu yo'nalishda parvoz etganlar. Aeroportda 23 ta qo'nish yo'lakchasii mavjud
yangi 87 metrlik 50 mln funt sterling mablag' ketgan Dispetcherlik punkti 21 aprel 2007 yil o'z ishinni boshladi.
Aeroport yiliga 45 mln aholiga xizmat ko'rsatishga mo'ljallangan. Lekin yildan yilga yo'lovchilar ko'payib (oxirgi yillarda 70 mln ga yetdi yiliga) reyslarning qoldirilishiga sabab bo'lmoqda
2007 yil TripAdvisor tomonida o'tkazilgan so'rovda ko'pchilik Xitrouni eng yomon aeroport deb ko'rsatishgan.
Xitrou oldida 17 ta zamonaviy xalqaro mehmonxonalar joylashgan.
Комментариев нет:
Отправить комментарий