Pluton sayyorasi Quyosh atrofida bir marotaba aylanib chiqishi uchun qancha vaqt kerakligini bilasizmi? Suvda haqiqiy oltin borligigachi? Bu ajoyibotga to'la dunyo o'zida yana qancha sir-sinoat yashirmoqda? Buni hoziroq bilib olishingiz mumkin.
·Jahon bo‘yicha eng ko‘p kitobi
sotilgan yozuvchi Agata Kristi hisoblanadi. Uning kitoblari 1920-yildan beri ingliz tilida 1 milliard nusxada sotilgan. Yana 45 tilga tarjima qilingan to‘plamlari ham shuncha nusxada savdoga chiqarilgan. Kitoblari eng ko‘p sotilishi bo‘yicha u faqat Uilyam Shekspirdangina ortda qolmoqda.
· Yevropaning eng ko‘p shamol esadigan joyi Shotlandiya hisoblanadi. U yerdagi shamollar butun Yevropa shamol energiyasining 25 foizini beradi.
· AQShning Arizona shtatida kaktusni yerdan sug‘urib olganlar 25 yilga ozodlikdan mahrum etiladi. Tuya ovlaganlar esa katta miqdorda jarimaga tortiladi.
· Dunyodagi eng ko‘p ko‘prik Sankt-Peterburgda. Ularning umumiy miqdori 539 tani tashkil etadi.
· Pluton sayyorasi Quyosh atrofida bir marta aylanib chiqishi uchun 247 yil kerak. · Yer yuzida eng keng tarqalgan mineral — kvartsdir.
· Dengiz suvi tarkibida oltin juda oz miqdorda uchraydi. Dunyo miqyosida suvda 10 milliard tonna oltin mavjud.
· Har yili qishda Yerning shimoliy yarim shari qor va muzlar to‘planishi evaziga 10 trillion tonnaga og‘irlashadi.
· Suyanchiqli stullar bundan 400 yil muqaddam ixtiro qilingan.
· Inson yiliga 84 million marta ko‘zini ochib-yumadi.
· Qorong‘ulikda bir daqiqa tursangiz, ko‘zingizning sezuvchanligi 10 marta oshadi. 20 daqiqadan keyin esa bu miqdor 6 ming martaga yetadi.
· Fil bir daqiqada 10 marta nafas oladi,
sichqonlar esa 200 marta.
· Janubiy Afrika Respublikasida dunyo oltinining uchdan ikki qismi kavlab olinadi. · Butun yer yuzida 10 foiz erkak va 8 foiz ayol chapaqay. · Italiyada eng keng tarqalgan ism — Mario Rossi. />
· 100 gramm asal yig‘ish uchun asalari 46 ming km. masofani uchib o‘tadi. Bu butun Yer sharini ekvator bo‘ylab kezib chiqish bilan barobar.
· Boyo‘g‘li boshini vertikal bo‘ylab 270 daraja, gorizontaliga esa 180 darajagacha bura oladi. · Qush iniga inson qo‘li tekkach, ular uchib ketishadi va hech qachon bu go‘shasiga qaytib kelishmaydi. · Urg‘ochi sher sutkasiga 20 soat uxlaydi. Qolgan vaqt ichida esa ov qiladi va ovqat yeydi. · Akulada qo‘shimcha oshqozon xaltasi mavjud bo‘lib, undagi ovqat 20 kungacha aynimaydi.
· Sahroi Kabir cho‘llarida yiliga 160 ming sarob kuzatiladi. Ular chalg‘ituvchi va muqim, vertikal va gorizontal bo‘ladi. · Ignaning ko‘zichalik teshikdan sutkasiga 840 litr suv oqishi mumkin. · Inson umri davomida 100 ming km. piyoda yuradi. · Bitta qalam bilan 64.820 metr uzunlikdagi chiziq chizish yoki 50.000 ta so‘z yozish mumkin. · Xitoyda tuxum tiriklik ramzidir. Agar oilada farzand tug‘ilsa, xitoyliklar tuxumni qizil rangga bo‘yaydilar. Bu rang ularda baxt ramzi hisoblanadi. Qizil rangli tuxum esa bola kelajakda baxtli bo‘lishiga ishoradir.
Комментариев нет:
Отправить комментарий